Neft giganti Saudi Aramco 2020 yilda daromadi 49 milliard dollargacha tushib ketdi

Saudiya Arabistonining davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan Aramco neft giganti koronavirus pandemiyasi tufayli uning daromadi 2020 yilda deyarli ikki barobarga kamayib, 49 milliard dollarni tashkil qilganini e’lon qildi.

Saudi Arabian Oil Co. pandemiya neft narxini eng past darajaga tushirib yuborganidan bir yil o'tgach, yillik moliyaviy natijalarini e'lon qildi. Bunga sabab odamlar virus tarqalishini to'xtatish uchun dunyo bo'ylab harakatlanishni to'xtatganlari bo’ldi. Biroq, so'nggi haftalarda narxlar sayohat cheklovlarining yumshatilishi, savdoning o’sishi va COVID-19ga qarshi emlanganlarning soni ko’payishi tufayli ko'tarildi. Shunga qaramay, tahlilchilar talab hali cho'qqiga chiqishiga ancha borligidan ogohlantirmoqda.

Sof daromadning 44 foizga pasayishiga qaramay, Aramco har chorakda 18,75 mlrd. dollarlik dividendlarni to'lash majburiyatini olganligini aytib o’tdi. Dividentlar to’lashining sababi esa aksiyalarni birlamchi joylashtirishdan avval aksiyadorlar oldida kompaniya o’z oldiga majburiyatlarni olgan edi. Dividendlarning deyarli barchasi Saudiya Arabistoni hukumatiga to'g'ri keladi, hukumat kompaniyaning 98 foizdan ortiqroq dividentlariga egalik qiladi.

Saudi Aramco kompaniyasining 2020 yildagi foydasi 49 mlrd dollarni tashkil etdi, bu ko’rsatkich 2019 yilda 88,2 milliard dollardan va 2018 yilda esa 111,1 milliard dollardan pastdir. Shunga qaramay, Aramco dunyodagi eng qimmat kompaniyalardan biri bo'lib qolmoqda.