Neftning narxi sezilarli darajada pastladi

Rossiya va Ukraina o'rtasidagi muzokaralar va Xitoyda koronavirus tarqalishi fonida neftning narxi ikki haftalik eng arzon qiymatni qayd etdi.

15-mart kuni ertalab Brent neftining bir barreli uchun may fyucherslari 6 dollardan (minus 6,4%) arzonlashib, 100,05 dollarni tashkil qildi.

WTI neftining narxi 1-martdan buyon birinchi marta bir barrel uchun 100 dollardan pastlab, narxi 6,31 dollarga tushib, bir barrel uchun 96,7 dollargacha tushdi.

London ICE birjasi maʼlumotlariga koʻra, Moskva vaqti bilan soat 09:50 holatiga koʻra, Brent narxi 5,9 foizga tushib, bir barreli uchun 105,2 dollarni tashkil etgan. WTI nefti 5,7 foizga pasayib, bir barreli uchun 97,1 dollardan sotildi.

Mutaxassislarning fikricha, hatto sulh tuzilgan taqdirda ham neft narxi yuqori bo‘lib qoladi, chunki G‘arbning Moskvani sanksiyalar orqali yakkalab qo‘yishga urinishlari davom etmoqda.