Nega tadbirkorda muammo bor? Uning ildizi qayerda? Qachon muammolar batamom barham topadi?

Hukumat komissiyasi ana shunday savollarga javob topish va muammolarni joyida hal etish maqsadida hududlarda tadbirkorlar bilan uchrashmoqda.

 

Joriy yilning 1 may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari S. Umurzoqov boshchiligidagi eksport va investitsiyalarni rivojlantirish boʼyicha hukumat komissiyasi tadbirkorlarning muammolarini aniqlash va hal etish, shuningdek, mintaqaning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishning samaradorligini oshirish boʼyicha amaliy choralar ishlab chiqish uchun Аndijon viloyatiga joʼnab ketishdi. 

Soʼnggi vaqtlarda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari S.Umurzoqov boshchiligidagi hukumat komissiyasi tomonidan muammolarni joyida muhokama qilish va hal qilish maqsadida, tadbirkorlar bilan faol suhbat oʼtkazilmoqda, ishlab chiqarish obʼektlarining holati va Oʼzbekistonning hududlaridagi ijtimoiy soha oʼrganilmoqda. 2021 yil 1 may kuni bunday tashrif Аndijon viloyatiga amalga oshirildi. U yerda kommissiya 230 dan ortiq tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotni oʼtkazdi. Tadbirkorlarning savollari va muammolari komissiya aʼzolari tomonidan batafsil oʼrganib chiqildi.

Murojaatlar 189 ta muammoli masalalar boʼyicha qabul qilib olindi. Shulardan 115 ta savol kredit resurslariga boʼlgan talab bilan, 38 ta savol – boʼsh bino va inshootlarga tegishli yer hududlarini ajratish bilan, 26 tasi – zaruriy sertifikatlar va ruxsatnomalar olish bilan, 10 tasi – soliqqa tortish sohasi bilan bogʼliqdir.

Demokratiya – bu Oʼzbekistonda amal qiluvchi xalq va davlat oʼrtasidagi sheriklik siyosati. Bugungi kunda u hamkorlikni taʼminlash va rivojlanish toʼsiqlarini olib tashlash imkonini beradi. Mazkur hukumat tashriflari sabab koʼpgina muammolar joyida hal etilmoqda, tadbirkorlarga yangi imkoniyatlar paydo boʼlmoqda va rivojlanish uchun yangi turtki bermoqda.