Nemis-Yevroosiyo iqtisodiy uyushmasi ijrochi direktori bilan muzokaralar o’tkazildi

Oʼzbekistonning Germaniyadagi Savdo iqtisodiy masalalar boʼyicha elchixona 1-kotibi Mirg’iyos Аzimov hamda Nemis-Yevroosiyo iqtisodiy uyushmasi ijrochi direktori janob Xanno Shtoker bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Muzokaralarning asosiysi mavzusi: 2023-yilda uyushmaga aʼzo nemis kompaniyalari delegatsiyasini Oʼzbekistonga tashrifini (fact finding mission) amalga oshirish masalalari boʼldi.