Neom – sahroda jonlanadigan ekoshahar

Qorong'ida porlab turadigan plyajlar. Cho'l hukmron bo'lgan mamlakatda milliardlab daraxtlar. Harakatlanayotgan poyezdlar. Sun’iy oy. Cho'lda 100 milyadan ortiq uzunlikdagi to'g'ri chiziqda qurilgan avtomobilsiz shahar. Bu Saudiya Arabistonining yashil rangga o'tish yo'nalishining bir qismi bo'lgan futuristik (kelajak) ekoshahar - Neom uchun rejalaridan ba'zilari xolos.

Neom "sayyoramizga zarar yetkazmasdan rivojlanishning ertangi kun rejasi" ekanligi da'vo qilinmoqda. Bu 500 milliard dollarlik (366 milliard funt sterling) loyiha bo'lib, Saudiya Arabistonining 2030 - yilga mo'ljallangan “Vision” rejasining bir qismi hisoblanadi.

Umumiy maydoni 26 500 km kv dan ortiq (Quvayt yoki Isroildan kattaroq) Neom, tashkilotchilarning ta'kidlashicha, Saudiya Arabistonining hozirgi sud tizimiga rioya qilmagan holda avtonom huquqiy tizim tomonidan boshqariladi.

Neomning maslahat kengashida sobiq bankir Ali Shihabining aytishicha, mega-hudud cho'l uzra to'g'ri chiziq bo'ylab o'tadigan 170 km (105 m) uzunlikdagi shaharni o'z ichiga oladi.

Barselonadagi tirbandlikdan xoli "superbloklar"ga o'xshab, har bir maydonda do'konlar va maktablar kabi qulayliklar bo'lishi kutilmoqda. Ya’ni, insonlar talab etadigan barcha xizmat va qulayliklar 5 daqiqalik yo’lda joylashgan bo’ladi.

Loyiha tugallangandan so'ng, shahar bo’ylab sayohat yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar orqali amalga oshiriladi. Eng uzoq sayohat "hech qachon 20 daqiqadan oshmaydi", deb ta'kidlaydi tashkilotchilar.

Bundan tashqari, Neomda 7 km (4,3 milya) masofani qamrab oluvchi hamda suv ustida suzuvchi Oksagon shahri quriladi. Bu shahar dunyodagi eng katta suzuvchi inshootga aylanishi kutilmoqda. Port shahar "2022 - yil boshida o'zining dastlabki ishlab chiqaruvchilarini kutib oladi", deydi Neomning bosh ijrochi direktori Nadhmi al-Nasr.