Netflix Kalmarlar o’yini 4,56 mln dollar mukofot bilan real hayotga ko’chganda

Netflix o‘zining barcha davrlardagi eng mashhur seriali - “Kalmarlar o’yini”dan ilhomlangan holda realiti-shou tashkil etish niyatida. Buning uchun kompaniya butun dunyodan ishtirokchilarni jalb etmoqda.

Biroq, ushbu dramada tasvirlanganidek, ishtirokchilar hayot yoki o'lim xavfi ostida bo'lmaydi.

Butun dunyo bo'ylab 456 nafar insonlar 4,56 million dollar (3,8 million funt sterling) mukofoti uchun kurash olib boradi.

Netflix shuningdek, mashhur serialning ikkinchi mavsumi shu hafta boshida ommaga taqdim etilishini aytdi. Chorshanba kuni platforma o'zining 10-qismli yangi seriyasi - Squid Game: “The Challenge" e’lon qilinishini aytib o’tdi.

“O‘yinchilar asl shoudan ilhomlangan bir qator o‘yinlar va hayratlanarli yangi qo‘shimchalar orqali raqobatlashar ekan, ularning strategiyalari, birlasha olishi va xarakteri sinovdan o‘tkaziladi. Shu bilan birga yutqazganlar o’yinni tark etadi”, deb qo‘shimcha qildi Netflix.

Ishtirokchilar kamida 21 yoshda bo'lishlari lozim. Ular ingliz tilida gaplasha olishi va 2023-yil boshida 4 haftagacha suratga olish ishlarida qatnasha olishi kerak.

456 ishtirokchi serialning bosh qahramoni Seong Gi Xunga (456) bo’ysunishadi.