«New Century Global Center» - Dunyodagi eng katta savdo markazi

2013-yilda xitoyliklar tomonidan barpo etilgan “New Century Global Center” Chengdu shahri yaqinida joylashgan. Uning umumiy maydoni 1 760 000 kvadrat metrni tashkil qiladi. 18 qavatdan iborat bo'lgan bino madaniy-ko'ngilochar majmualar, savdo maydonchalari, konferensiya zali, ofislar, besh yulduzli mehmonxonalar, 14 ta kinozal, sun'iy plyajlari bo'lgan akvapark hamda 15 000 avtomobil uchun to‘xtash joyiga ega.






