Niagara sharsharasi O'zbekiston bayrog'ining ranglariga bo'yaladi

1 sentyabr kuni soat 7:30da Toshkent vaqti bilan O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Niagara sharsharasi O'zbekiston bayrog'i ranglari bilan yoritiladi. Bu haqda Oʻzbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, Maxsus komissiya avval O'zbekiston mustaqilligi kuni munosabati bilan ochiq osmon ostidagi tadbirlar o'tkazilishini ma'qullagan edi. Mehmonlar niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga rioya qilish kerak.






