Nega milliarderlar bosh direktor lavozimini tark etmoqda

Nega milliarderlar bosh direktor lavozimini tark etmoqda

Fevral oyida dunyodagi eng boy milliarder Djeff Bezos barchani hayratga solib, 27 yil oldin o’zi asos solgan kompaniya bosh direktorlik lavozimidan ketish to'g'risidagi qarorini e'lon qildi. Ammo u o’z lavozomidan ketishni ixtiroy etgan ko’plab tadbirkorlardan biridir.

Nima uchun muassislar o’z biznesi cho'qqisida kompaniya boshqaruvidan chetlashmoqda va pandemiya bunga qanday ta'sir o’tkazdi?

Xitoyning onlayn chakana sotuvchisi “Pinduoduo” faol foydalanuvchilar soni bo’yicha Alibaba hamda Amazon kabi onlayn gigantlarini ham ortda qoldirganini ma’lum qilgan kun, kompaniya asoschisi Colin Chjen Xuan, direktorlar kengashi raisligidan ketishini e'lon qildi. Bundan oldin, Chjen Xuan iyun oyida allaqachon bosh direktor lavozimini tark etgan edi. Forbes tomonidan tadbirkorning daromadi 50 milliard dollarga baholanayotgan bir vaqtda, nega u ketishga qaror qildi? 

Forbes.ru ta’kidlashicha, bosh direktorlarga lavozimni tark etish hamisha qiyin kechadi, biroq birinchi raqamli xodimlarga bunday qaror qabul qilish undanda qiyinroq. Pinduoduo asoschisiga Xitoyning barcha texnologik sohasidagi kompaniyalarga qaratilgani  kabi, ortiqcha e’tibor ta'sir qilgan bo’lishi mumkin. 
Ammo  Chjen Xuan — ohirgi vaqtda kompaniyad ketishni ixtiyor etgan yagona asoschi emas.