Nima uchun tarixiy qo‘llanmalardagi xatolik tuzatilmagan? Jadidlar tuzgan davlatning haqiqiy nomi qanday edi?

"Hozirgi tarixiy qoʻllanmalarimizda xatolik bor: jadidlar tuzgan davlat Buxoro Xalq Shoʻrolar Jumhuriyati deb atalgan» - ta'kidladi AQSHdagi Michigan universiteti professori, sobiq Buxoro respublikasi prezidenti Usmon Xo‘janing o‘g‘li"- Temur Xo‘jao‘g‘li.

Uning ma'um qilishicha, jadidlar 1920-yil 1-sentyabrda Buxoro Xalq Shoʻrolar Jumhuriyatini tuzadilar. Uning bayrogʻida arab harflarida Buxoro Xalq Shoʻrolar Jumhuriyati bosh harflari yozilgan. Bu yerda “Sovet” va “Respublika” soʻzlari ishlatilmagan.

Shuningdek Temur Xo‘jao‘g‘lining ta'kidlashicha, ushbu davlat konstitutsiyasi hujjati saqlab qolingan bo'lib, unda "Buxoro Xalq Sho'rolar Respublikasi o'z chegaralari ichida mustaqil davlat hisoblanadi", - deb muhrlab qo'yilgan.

Bu haqda batafsil Temur Xo‘jao‘g‘lining intervyusida tomosha qiling.