Nodirbek Abdusattorov FIDE live-reytingida yuqori natija qayd etdi

O'zbekistonlik grossmeyster Turkiyadagi jahon shaxmat olimpiadasida ikkita g'alabani qo'lga kiritdi va shaxmat bo‘yicha jahon reytingida 37-o'ringa ko'tarildi.
Nodirbek turkiyalik shaxmatchilar Yagiz Erdo‘g‘mus va Dragan Sholakni mag‘lub etdi. Bu ikki g‘alaba Abdusattorovga reytingda 6,1 ochko keltirdi va 2700 balldan yuqori ball to’plash imkonini berdi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil dekabr oyida u tezkor shaxmat bo‘yicha tay-brekda Yan Nepomniaxtchi ustidan g‘alaba qozonib, jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan edi.






