Nodirbek Аbdusattorov vitse-chempionga aylandi

"Tata Steel Chess-2023": Nodirbek Abdusattorov musobaqani 8 ochko bilan 2-o’rinda yakunladi. Afsuski, hamyurtimiz so’nggi turda mezbon Yorden van Forestga imkoniyatni boy berdi.

Abdusattorovni ta’qib etib kelgan Giri Anish esa o’z bellashuvini g’alaba bilan yakunladi. Shu tariqa, 8.5 ochko jamg’argan niderlandiyalik shaxmatchi musobaqa chempioniga aylandi.