Nogiron bolani parvarishlayotgan ota-onalarga oylik nafaqa beriladi

O'zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo'lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 ming so'm miqdorida nafaqa to'lovi (parvarishlash nafaqasi) joriy etilgan.

Bunda, parvarishlash nafaqasini to'lash va yetkazib berish xarajatlari respublika budjeti mablag'lari hisobidan qoplanadi.