Nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘rgatuvchi «Imkoniyatlar markazi» tashkil etiladi

“Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2022-yil davomida tajriba tariqasida Nukus va Toshkent shaharlarida hamda 2023-yildan boshlab qolgan hududlarda “Imkoniyatlar markazi” faoliyati tashkil etiladi.
“Imkoniyatlar markazi”:
nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maydoni sifatida faoliyat yuritadi;
nogironligi bo‘lgan shaxslarning qiziqishidan kelib chiqqan holda kasb-hunarga o‘qitishga ko‘maklashadi.






