«Nukus» aeroporti faoliyati yuzasidan rasmiy xabar

Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat joriy etilishi va Prezident Qarori ijrosini taminlash maqsadida “Nukus” aeroporti faoliyati komendantlik soatlarida vaqtinchalik soat 21:00 dan 07:00 gacha cheklanadi.
Shu munosabat bilan Uzbekistan Airways AJning 2022-yil 3-iyul kuni Toshkent – Nukus – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY017/HY018 reyslari bekor qilindi.
4-iyul kuni bekor qilingan reyslarning barcha yoʻlovchilari Toshkent – Nukus – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY011/HY012 reyslari orqali yetkaziladi. Aviakompaniya yo‘lovchilarni reyslar kechiktirilishi haqida xabardor qilgan.






