«Nukus — Mo‘ynoq» yo‘nalishida muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways Mo‘ynoq va Nukus aholisi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida yangi reys tashkil etilayotganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 12-sentabrdan boshlab Nukus-Mo‘ynoq-Nukus yo‘nalishidagi qatnovlarni joriy qilinadi. Aviaqatnovlar dushanba kunlari amalga oshiriladi.
Nukusdan jo‘nab ketish: 09:45;
Mo‘ynoqqa yetib borish: 10:45;
Mo‘ynoqdan jo‘nab ketish: 11:25;
Nukusga yetib borish: 12:25.
Shuningdek, faqat 9-sentabr kuni HY-012 Nukus — Toshkent yo‘nalishida aviaqatnov Mo‘ynoq ayeroportiga qo‘nib, yo‘lovchilarni bortga qabul qiladi hamda quyida ko‘rsatilgan jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:
Nukusdan jo‘nab ketish: 09:45;
Mo‘ynoqqa yetib borish: 10:45;
Mo‘ynoqdan jo‘nab ketish: 11:25;
Toshkentga yetib borish: 13:25.






