Nukusda texnopark tashkil etiladi

“Qoraqalpog'iston Respublikasida “Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “Nukus” erkin iqtisodiy zonasidagi 30 gektar bo'sh yer maydonida “Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasi 30 yil muddatga tashkil etiladi.

Xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish Texnopark faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Texnopark hududida mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini oʻrnatish orqali investitsiya faoliyatini ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari koʻriladi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 07.07.2022 yildan kuchga kirdi.