Nur-Sultonda Digital Bridge xalqaro IT-forumi bo‘lib o‘tadi

28-29 sentabr kunlari Nur-Sulton shahrida “Digital Bridge 2022” xalqaro texnologiya forumi boʻlib oʻtadi. Qozog'istonning IT-sohasidagi eng yirik tadbirlardan biri bo'lgan ushbu forum har yili o'tkazilib, unda raqamli texnologiyalar sohasidagi ekspert va mutaxassislar, IT-kompaniyalar, startaplar, venchur investorlar va davlat idoralari vakillari ishtirok etadi.
Qayd eilishicha, “Digital Bridge”ning bu yilgi mavzusi - “Markaziy Yevroosiyo yangi texnologik platforma sifatida” deya nomlangan. Tadbir dasturidan Markaziy Osiyo davlatlari va Turkiy davlatlar tashkiloti texnoparklari ko‘rgazmasi ham o‘rin olgan.
Forum doirasida Markaziy Osiyo va turkiyzabon davlatlarning IT-startaplari namoyishi boʻlib oʻtadi. Unda O‘zbekistondan ham loyihalar ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, tadbir davomida elektron tijorat, fintech, ta’lim texnologiyalari va boshqa sohalardagi 200 dan ortiq startaplar o‘zlarining innovatsion yechimlarini taqdim etib, o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o’rnatish imkoniyatiga ega bo’ladilar.






