Nurmagomedov restoran biznesini yo’lga qo’yishga qaror qildi

Sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov "M-eat by Khabib" fast-food restoranlari tarmog‘ini ochishga qaror qildi.

Ilk filial "Moskva City" biznes markazidagi "City of Capitals" minorasida joylashgan. Bahor oxirigacha kompaniya Moskvada yana 14 nafar filiallarni ishga tushirish niyatida.

Sportchi 2023-yil oxiriga qadar O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklarida yana 150 ga yaqin filiallar ochishni rejalashtirgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Nurmagomedov sakkiz oydan ko'proq vaqt davomida fast-food restoranlari tarmog'ini yaratish ustida ishlagan. Xabibning so'zlariga ko'ra, u restoran biznesida ko'plab yirik brendlar bilan gaplashgan, ammo oxir-oqibat jangchi umumiy ovqatlanish sohasida o'z brendini yaratishga qaror qilgan.