Nurxon Qurbonova – Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari bronza medal sohibi!

Yaponiyadan xushxabarlar kelishi davom etadi. Hozirgina para yengil atletikaning F54 klassida ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha final bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.
E’tiborlisi, bu yo‘nalishda bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Nurxon Qurbonova 7.77 metr natija bilan bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Ta’kidlash kerakki, bu natija yadro uloqtirish bo‘yicha Nurxonning o‘z shahsiy rekordi hisoblanadi.
Ushbu natijadan so‘ng delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 14 taga yetdi: 5 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza.






