Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegarasining 94 foizi muvofiqlashtirib olindi

Hozirda davlat chegarasining qolgan 6 foizini delimitatsiya qilish boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda.
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi davlat chegarasining 94 foizdan ziyodi delimitatsiya va demarkatsiya komissiyasi tomonidan kelishib olindi. Bu haqda Qirgʻizistonning Oʻzbekistondagi elchisi Ibragim Junusov maʼlum qildi.
Rasmiy vakilning soʻzlariga koʻra, chegaraning 6 foizini delimitatsiya qilish boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda.
Ma'lumot uchun, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning davlat chegarasi uzunligi 1,38 ming kmni tashkil etadi. Oʻzbekistonga tegishli boʻlgan 4 ta eksklavlar Qirgʻiziston hududida joylashgan.






