Oʼzbekiston – Ozarbayjon Qoʼshma investitsiya fondi tashkil etiladi

Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilham Аliyev oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining borishini koʼrib chiqdilar.
Qoʼshma investitsiya fondini tashkil etishni jadallashtirish, neft-gaz, avtomobilsozlik, kimyo va qishloq xoʼjaligi tarmoqlarida qoʼshma loyihalarni amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, Parlamentlararo hamkorlik rivojlanayotgani, savdo hajmi oshayotgani, energetika, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi, paxtachilik va ipakchilikda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani yuqori baholandi.
Prezidentlar madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash muhimligini ko‘rsatib o‘tdilar. Avgust oyi oxirida ikki mamlakat madaniyat va fan arboblari O‘zbekiston va Ozarbayjonning yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashning asosiy vazifalari batafsil ko‘rib chiqildi va bu boradagi kelgusi vazifalar belgilab olindi. Bo‘lajak tadbirlar rejasi, shu jumladan Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti kun tartibi kelishib olindi.






