Oʼzbekiston 8 oyda qiymati 46,4 million dollarga teng boʼlgan elektromobil import qilgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, Oʼzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 46,4 mln. AQSh dollariga teng boʼlgan 1 499 dona elektromobillar import qilgan.

Joriy yilda elektromobillar importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1 003 donaga yoki 3 barobarga oshgan.

Oʼzbekiston joriy yilning yanvar - avgust oylarida eng koʼp elektromobillar import qilingan davlatlar:

Xitoy – 1,3 ming dona
BАА – 110 dona
Germaniya – 34 dona
Gonkong – 30 dona
Boshqa davlatlar– 19 dona