Oʼzbekiston - Jahon banki: 30 yilda ustuvor tarmoqlardagi loyihalar portfeli 8 milliard dollardan oshdi

Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni daqiqalarda Jahon banki vitse-prezidenti Аnna Berde boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʼtkazmoqda.
Oʼzaro hamkorlik oʼrnatilganidan buyon oʼtgan 30 yilda ustuvor tarmoqlardagi loyihalar portfeli 8 milliard dollardan oshdi.
Bugungi muzokaralar kun tartibidan ushbu yetakchi xalqaro moliyaviy institut koʼmagida ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni ilgari surish masalalari oʼrin olgan.
Аlohida eʼtibor qishloq joylarda turmush darajasini yaxshilash, davlat korxonalarini xususiylashtirishni jadallashtirish, qishloq xoʼjaligini transformatsiya qilish, ijtimoiy sohani modernizatsiyalash, iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va boshqa jihatlarga qaratiladi.






