Oʼzbekiston TIV rahbariga 2 nafar oʼrinbosar tayinlandi

Furqat Sidikov tashqi ishlar vazirining birinchi oʼrinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u tashqi ishlar vazirining oʼrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Baxromjon Аʼloyev tashqi ishlar vazirining oʼrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Oʼzbekistonning Kuvaytdagi elchisi lavozimida faoliyat yuritgan.






