Oʼzbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashining yillik yigʼilishida ishtirok etdi

Joriy yilning 10-12-may kunlari Marokash shahri (Marokash)da Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruvchilar Kengashining Yillik yigʼilishi bevosita va onlayn tarzda boʼlib oʼtmoqda.
Yigʼilishda Oʼzbekiston Respublikasidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchisi, Bosh vazir oʼrinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov ishtirok etdi.
Tadbirda Bankning 71 aksiyadorlari, shu jumladan 69 mamlakat, Yevropa Ittifoqi va Yevropa investitsiya bankidan Boshqaruvchilar hamda ularning oʼrinbosarlari, shuningdek Bank rahbariyati va xalqaro ekspertlar qatnashmoqda.
Tadbir dasturi doirasida 11-may kuni Boshqaruvchilar Kengashining yalpi majlisi boʼlib oʼtdi. Unda jahon va mintaqaviy iqtisodiyotning dolzarb tendensiyalari, сoviddan keyingi davrda Bankning unga aʼzo mamlakatlarda iqtisodiy oʼsishni qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan faoliyati, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish choralari hamda iqlim oʼzgarishiga qarshi kurashish, shuningdek YeTTBning amaliy va moliyaviy faoliyati bilan bogʼliq bir qator institutsional masalalar muhokama qilindi.
Yalpi majlisda soʼzga chiqqan S.Umurzakov Oʼzbekistonning YeTTB bilan hamkorligi barqarorlikka va strategik xususiyatga ega ekanini taʼkidladi. 2021-yilda mamlakatimiz Markaziy Osiyo mintaqasida Bank investitsiyalarining eng yirik oluvchisiga aylanib, Bank mablagʼlarining eng yirik oluvchilarining beshtaligiga kirgani hamda oʼtgan yili YeTTB tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 600 million yevrodan oshib rekord darajani qayd etgani maʼlum qilindi.
Maʼlumot uchun: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 1991-yil 28-martda tashkil etilgan. Shtab-kvartirasi London shahrida joylashgan. Oʼzbekiston 1992-yil 30-apreldan buyon YeTTB aʼzosi sanaladi.






