Oʼzbekistonda iqlimni moliyalashtirish vositalari orqali choʼl yaylovlarini tiklash va ulardan barqaror foydalanish mavzusida seminar tashkil etildi

2021-yil 1-dekabr sanasida Oʼzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʼmitasi va Germaniyaning Succow Foundation tabiatni muhofaza qilish fondi oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlikning ikkinchi bosqichi sifatida joriy yil 18-20 yanvar kunlari "Oʼzbekistonda iqlimni moliyalashtirish vositalari orqali choʼl yaylovlarini tiklash va ulardan barqaror foydalanish" mavzusida seminar oʼtkazildi.
Seminarda "Yaylov xoʼjaligini rivojlantirish" uyushmasi, Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi, Oʼzbekiston Respublikasi Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi, Oʼzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Birlashgan Millatlar taraqqiyot dasturi, Markaziy Osiyo choʼl tashabbusi, Oziq-ovqat va qishloq xoʼjaligi tashkiloti masʼul xodimlari Qishloq xoʼjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʼmitasi, Samarqand davlat universiteti, «Oʼzdaverloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti, bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari hamda iqtisodchi olimlar ishtirok etdilar.
Zukkov jamgʼarmasi faoliyatining muhim yoʼnalishlaridan biri Markaziy Osiyo choʼl ekotizimlaridan barqaror foydalanish hisoblanadi. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʼjaligi tashkiloti bilan hamkorlikda Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyo choʼl tashabbusi” loyihasi ham shunga bagʼishlangan.
Ushbu tashabbus doirasida Fond choʼl yaylovlaridan foydalanish sohasida iqlim oʼzgarishi taʼsirini yumshatish boʼyicha milliy harakatni tayyorlash boʼyicha kontseptsiya taklifini ishlab chiqmoqda. Ushbu kontseptsiya choʼl va yaylovlardan barqaror foydalanish va ekologik jihatdan qayta tiklash uglerodni kamaytirishni nazarda tutadi. NAMA Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʼzgarishi boʼyicha yangi moliyalashtirish mexanizmi hisoblanadi.






