Oʼzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʼladimi...?

Joriy yilning 24 may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʼyicha Maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda Oʼzbekiston bilan YeI oʼrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliya-texnikaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari, shuningdek, boshqa qator masalalar muhokama qilindi.


Xususan, Oʼzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʼlishi boʼyicha hamkorlik ham davom ettiriladi – yaqin kelajakda tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilishi, shuningdek, qishloq xoʼjaligini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha ikki tomonlama muzokaralar tashkil etiladi.

Bundan tashqari, tomonlar KShHBni joriy yil yakuniga qadar tasdiqlash maqsadida uning matnini kelishish boʼyicha muzokaralarni jadallashtirishga kelishib oldilar.

Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Yevropa tomoni Oʼzbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari va Аfgʼoniston bilan savdo-iqtisodiy, transport va logistika aloqalarini mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarini olqishladi hamda bu yoʼnalishdagi koʼp qirrali hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida, tomonlar oʼzaro hamkorlikning muhokama etilayotgan yoʼnalishlari doirasida kelgusi amaliy harakatlarni belgilab oldi.