O‘zbekiston 2026-yilgi 46-Jahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi

8-avgust kuni Chennaida FIDE’ning navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda 2026-yilgi Olimpiada mezbonligi uchun O‘zbekiston nomzodi delegatlar tomonidan ma’qullandi.
Ta’kidlanishicha, olimpiada Toshkent yoki Samarqandda o‘tkaziladi.
Ma’lumot o’rnida qayd etish joizki, 2024-yilda Butunjahon shaxmat olimpiadasi Vengriyaning Budapesht shahrida bo'lib o'tadi.






