O‘zbekiston 870 mln dollarlik suveren yevrobondlarni joylashtiradi

Moliya vazirligi London fond birjasida umumiy qiymati 870 mln dollar bo‘lgan ikkita suveren xalqaro obligatsiyalarni (yevrobondlarni) joylashtirishga tayyorlanmoqda.

«3,3 mlrd dollar [$5 mlrddan] investitsiya loyihalari uchun, 1,7 mlrd dollar esa byudjet kamomadini [qoplash] uchun jalb qilinmoqda. 1,7 mlrddan biz 870 mln dollarni yevrobond sifatida jalb qilamiz, qolgan 830 mln dollarni esa byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlaridan jalb qilamiz», — dedi moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov.

Odilbek Isoqov 2021 yilda davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunga binoan tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan sof hajmi 5 mlrd dollar, ichki qarzni jalb qilish uchun esa 500 mln dollargacha bo‘lgan miqdorda belgilanganligini eslatdi.