O‘zbekiston Delegatsiyasi ASOVINO va MORALEJO bo‘rdoqichilik va go‘shtni saralash korxonalarida bo‘ldi

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Ispaniya Qirolligining Zamora shahrida joylashgan "Asovina" korxonasida bo‘ldilar.

"Asovina" korxonasi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, go‘shtni saralashga ixtisoslashgan. Bu yerda so‘yilgan qo‘ylar qismlarga ajratilib, muzlatiladi va maxsus saqlash kameralariga joylanadi. Delegatsiya a’zolari tashrif davomida go‘shtni qismlarga bo‘lish, muzlatish va saqlash jarayonlari bilan to‘liq tanishdilar.