O‘zbekiston Panama bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Panama Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 138-davlat bo‘ldi.

Kuni kecha Nyu-Yorkda Oʻzbekiston va Panama oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida hujjat imzolandi.

Hujjatni ikki davlat hukumati nomidan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili, elchi Baxtiyor Ibragimov va Panamaning BMTdagi doimiy vakili, elchi Markova Konsepsion Jaramilla imzoladi.

Panama Markaziy va Janubiy Amerikaning tutashgan joyida, Atlantika va Tinch okeanlari oralig'ida joylashgan va muhim yuk tashish yo'lini ta'minlaydigan davlatdir.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasidagi qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar. Hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarini, jumladan, Oʻzbekiston 3-noyabrdan boshlab doimiy kuzatuvchi maqomiga ega boʻlgan Amerika davlatlari tashkiloti tarkibida ikki tomonlama aloqalarni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Hujjatning imzolanishi O‘zbekiston uchun Markaziy va Janubiy Amerika davlatlari bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.