O‘zbekiston rossiyalik sayyohlar orasida eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylandi

Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi sayyohlar oqimi oʻsib bormoqda va bu 2022-yil oxirigacha pandemiyadan oldingi koʻrsatkichdan oshib ketishi mumkin.

"2017-yildan buyon mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sayyohlar oqimi o‘sib bormoqda. Bu 2022-yil yakunida pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichdan oshib ketishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Sayyohlik oqimining o‘sishiga hissa qo‘shgan muhim qadam rossiyalik sayyohlarning O‘zbekistonga kelishi soddalashtirilgani bo‘ldi", — deydi Rossiyaning Turizm va turizm infratuzilmasini rivojlantirish qoʻmitasi aʼzosi Artem Prokofyev.

Deputat taʼkidlaganidek, may oyidagi bayramlar yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Rossiya Federatsiyasidagi tashqi turizm uchun eng mashhur yoʻnalishlardan biriga aylangan.

“Oʻzbekistonga kelgan xorijlik sayyohlarning deyarli toʻrtdan bir qismi Rossiyadan”, — deya qoʻshimcha qildi Prokofyev.

U, shuningdek, “Rosturizm” maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston hozirda butun postsovet hududidagi eng rivojlangan sayyohlik yoʻnalishi ekanligini aytdi.

"Reyslar haftasiga 100 tagacha yetmoqda. Biz bu hamkorlikning juda istiqbolli yo'nalishi deb hisoblaymiz", — deydi deputat.