O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 11 turdagi hujjat imzolandi

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning tashrifi doirasida Zarafshon daryosida Yavan gidroelektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida esa, hujjatlarni imzolash va almashish marosimi o’tkazildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Emomali Rahmon ramziy tugmani bosib, qurilishga start berdilar. Ushbu inshoot energetika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikda birinchi yirik loyiha bo‘ladi. 140 megavatt quvvatli zamonaviy stansiya mamlakatlarimiz energetik xavfsizligi, suv va qishloq xo‘jaligi barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Ushbu loyiha tarmoqning ilmiy va ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlash, minglab xonadonlar va yangi korxonalarini “yashil” energiya bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon tarixiy ahamiyatga ega Abadiy do‘stlikni mustahkamlash va ittifoqchilik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar. Bundan tashqari, hukumatlar, vazirlik va idoralar darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 11 ta hujjat imzolandi.
Jumladan:
Sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
Madaniyat vazirliklari o‘rtasida 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan madaniyat va san’at sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
O‘zbekistonning Jizzax viloyati va Tojikistonning So‘g‘d viloyati o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
Atrof-muhitni muhofaza qilish va suvdan oqilona foydalanish sohalarida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
Ipakchilik tarmog‘ida hamkorlik to‘g‘risida memorandum.






