O‘zbekiston va Qirg‘iziston tadbirkor ayollari $13,2 mlnga teng shartnomalar imzolashdi

Oʼzbekiston va Qirgʼiziston tadbirkor ayollari oʼrtasida boʼlib oʼtgan “B2B” uchrashuvlari ikkala tomon tadbirkorlari uchun juda foydali boʼldi.

Muzokaralar yakunida tomonlar oʼrtasida umumiy qiymati $13,2 mlnga teng 15 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolandi.

Shartnomalar qurilish, sanoat, ishlab chiqarish, taʼlim, tekstil mahsulotlarini yetkazib berish kabi turli tadbirkorlik sohalarini qamrab olgan boʼlib, Oʼzbekistonning «Tashpulat Stroy Invest» MChJ va Qirgʼizistonning «Sky Industrial Group», Hyundai Construction», «Lift Sky Elevators» nomli kompaniyalari oʼrtasida qurilish mollarini yetkazib berish, Issiqkoʼl viloyatida kottedjlar va binolarga lift oʼrnatish boʼyicha umumiy summasi $7 mlnga teng katta qiymatli shartnomalar ayniqsa ahamiyatli.

Oʼzbekistonning «MUINOK TOUR» va Qirgʼizistonning «АSTRА KIRGIZIYA» korxonalari oʼrtasida imzolangan memorandum ikkala tomon davlatlari uchun turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikdagi muhim qadam boʼldi.