O‘zbekiston va Qozog‘iston investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy va mintaqalararo hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda

 
Nur-Culton shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.Sklyar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
 
Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, sanoat va hududlararo hamkorlikning bugungi holati va uni kengaytirishning istiqbollari muhokama qilindi.
 
Tomonlar O‘zbekiston-Qozog‘iston iqtisodiy sherikligini rivojlantirish jadal kechayotganini ta’kidlab, yangi qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qozog‘iston Respublikasiga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi. Mazkur tadbir ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar rivojiga yangi turtki berishi kutilmoqda.
 
Uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish hamda o‘zaro manfaatli munosabatlarning yangi yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha kelgusidagi hamkorlikning shakllari yuzasidan kelishuvga erishildi.