O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘l qatnovlari qayta tiklanadi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Қазақстан темiр жолы” MK AJ bilan kelishilgan holda joriy yilda Qozog'istonga birinchi yo'lovchi poyezd harakati tashkil etiladi. 2022-yil 1-aprelidan boshlab Nukus – Beyneu – Nukus yo'nalishidagi 647/648-sonli poyezd qatnovi yo'lga qo'yiladi.
Ushbu poyezd “Nukus” vokzalidan haftaning har seshanba, juma va yakshanba kunlari va “Beyneu” stantsiyasidan har dushanba, chorshanba va shanba kunlari jo'natiladi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining aniqlik kiritishicha, yaqin orada boshqa qo‘shni davlatlar bilan temir yo‘l qatnovlarining qayta tiklanishi tomonlarning kelishuviga asosan bosqichma bosqich amalga oshirilishi kutilmoqda.






