«O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» ko‘rgazmasi katalogi Luvrda saqlanadi

«O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» ko‘rgazmasi yakunlangach, Luvr muzeyida ilmiy katalog qolishi ma'lum qilindi.
«Katalogni yaratish uchun men O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan yuqori malakali mutaxassislardan iborat kichik guruhni jalb qildim. Unda ilmiy ma'lumotlardan tashqari ko‘plab fotosuratlar, nafaqat eksponatlar, balki O‘zbekistonning tabiiy landshaftlari, qiziqarli me'moriy inshootlari ham joy oladi.
O‘ylaymanki, bu kitob O‘zbekiston va umuman Markaziy Osiyo madaniyatiga qiziquvchilar uchun muhim bo‘ladi.» deya qayd etdi ko'rgazmaning Luvrdagi kuratori Rokko Rante.
Shuningdek ta'kidlanishicha ko‘rgazmani g‘ayrioddiy qilish uchun bmaxsus effektlar o'ylab topilgan, buning yordamida tomoshabinlar uning atmosferasiga sho‘ng‘ib ketishadi.
Misol uchun, tashrif buyuruvchi ekspozisiyadan birinchi navbatda Varaxsha shahridan VII asrga oid devor panelini ko‘radi. Unda ikki yo‘lbarsning hujumiga uchragan chavandozlar bilan fil tasvirlangan.
«Jamoatchilik ushbu ko‘rgazmani tomosha qilar ekan, ular shamol tovushlarini, hayvonlarning shovqinini va boshqa ovozlarni eshitishlari mumkin. Shu bilan birga, zaldagi yorug‘lik o‘chadi va panno, aksincha, yorqinlashtiriladi. Shunday qilib, tasvirlangan voqealarning hayotda mavjudligi haqidagi taassurot paydo bo‘ladi.» - deb qo'shimcha qildi Rante.
Avvalroq biz bunday ko'rgazma 30 yil ichida takrorlanmasligi haqida ma'lum qilingani haqida xabar bergan edik.






