«O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» - Luvrda O‘zbekiston madaniy merosi namoyish etiladi

23 noyabr kuni Parijdagi Luvr muzeyida «O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo'llari chorrahasida» ko‘rgazmasining ochilishi bo'lib o'tadi.
Ko'rgazma zamonaviy O‘zbekistonning janubiy hududidan o‘tgan Buyuk ipak yo‘li tarixi haqida hikoya qiladi.
Ko‘rgazma bugungi O‘zbekistonning janubiy hududidan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘li tarixi haqida so‘zlab beradi.
Qayd etilishicha, ko‘rgazmada monumental va dastgoh san'ati buyumlari, devor rasmlari, saroylarning o‘yilgan detallari, badiiy hunarmandchilik buyumlarini taqdim etiladi.
«Ko‘rgazmadan 168 ta muzey eksponati, xususan, O‘zbekiston Respublikasining 13 ta muzeyidan 137 ta, shuningdek, dunyoning yetakchi muzeylaridan 31 ta eksponat o‘rin olgan.
Ayniqsa, ko‘rgazma uchun o‘zbek va fransuz mutaxassislari tomonidan 70 ta buyum restavrasiya qilindi. Qayta tiklash ishlari 2017 yilda boshlangan. Bundan tashqari, Luvr mutaxassislari bilan birgalikda O‘zbekistondan Fransiyaga eng qimmatbaho buyumlarni tashish tizimi yo‘lga qo‘yildi va puxta tashkil etildi.» - deya qayd etishdi ko‘rgazma tashkilotchilari.
Ma'lumot o‘rnida, ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi, Luvr muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etildi.






