O‘zbekiston yanvar-avgust oylarida 1 mrld dollarlik paxta to‘lasini eksport qildi

Joriy yilning sakkiz oyida O‘zbekiston 1 mlrd dollardan ziyod paxta ipini eksport qildi, bu umumiy to‘qimachilik eksportining 55,8 % tashkil qiladi.
Tayyor trikotaj va tikuv mahsulotlari 430,7 million dollarga eksport qilindi.
Rasmiy statistik ma'lumotlarga ko‘ra, yanvar-avgust oylarida chet ellik iste'molchilarga 80,3 mln dollarlik paxta matolari, boshqa tayyor to‘qimachilik buyumlari, mato - 73,5 mln dollar, ipak va ipak mahsulotlari - 35,5 mln dollar, gilamlar - 23,4 mln dollar yuborilgan.
To‘qimachilik eksportining eng katta ulushi Rossiyaga (593 mln dollar - 31,3%) va Xitoyga (475,6 mln dollar - 25,1%) to‘g‘ri keladi.
2021-yilning yanvar-avgust oylarida to'qimachilik eksporti hajmi 1,8 mlrd dollarni tashkil etdi, bu umumiy eksport hajmining 20,4 % tashkil etdi va 2020-yilning yanvar-avgustiga nisbatan 62 % oshdi.






