O‘zbekistonda ayrim banklar xalqaro kartalardan valyuta yechishda komissiya joriy etdi

Endilikda Visa/Mastercard/UnionPay xalqaro kartalari egalari bir qator banklar xususan, “Kapitalbank” va “Ipak yo‘li bank” kassalari va bankomatlarida naqd pul yechib olish uchun komissiya to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Mazkur amaliyot “Kapitalbank”da 27-iyuldan boshlab joriy etilib, bu yerda mijozlar naqd valyutani yechib olish uchun summaning 0,7% miqdorida komissiya to‘lashkerak bo‘ladi.
28-iyuldan e'tiboran “Ipak yo‘li” bankida 1 foiz miqdorida komissiya to‘lovi belgilandi.






