O‘zbekistonda bu yil ichida jismoniy shaxslar $9 milliardlik xorijiy valyuta sotib olishdi

$500 - $1000 dollar oralig'idagi valyuta xaridlari hajmi qariyb 10 barobarga o'sdi.

Yil boshidan buyon o‘zbekistonliklar 9 milliard dollarlik xorijiy valyuta sotib olishgan. Bu haqda Markaziy banki xabar berdi.

Eng ko’p xaridlar qismi $1000 yoki undan ko'proq valyuta xaridlariga togri kelmoqda. Keskin o’sish sur’ati joriy yilning mart oyiga tog`ri kelmoqda. Bu oyda oʻzbekistonliklar tomonidan $653 milliondan ortiq, yil boshidan buyon esa $4 million valyuta chetga jo’natilgan.

Toʻqqiz oy davomida umumiy hisobda 550 million dollarlik $100gacha boʻlgan xorijiy valyuta xarid qilingan.

Eng keskin o'sish $500-$1000 oralig'ida valyuta sotib olishda qayd etildi. Ko'rsatkich deyarli 10 barobarga oshgan. Masalan, yanvar oyida o‘zbekistonliklar ushbu diapazondagi valyutani 27,6 million dollarlik sotib olishgan bo‘lsa, sentabrda bu ko‘rsatkich 254 million so‘mni tashkil qilgan.