O‘zbekistonda BYD kompaniyasi avtomobillarining rasmiy savdosi yo’lga qo’yiladi

Xitoyning BYD avtokonserni O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdolarni yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlikni va kompaniyaning Toshkent shahridagi ilk rasmiy dilerlik markazlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini yakunlamoqda.
Bu haqda “O‘zavtosanoat” rahbari o‘rinbosari Aziz Shukurov ma’lum qilgan. “BYD avtomobillari keyingi oydayoq sotuvga chiqariladi”,- deya qayd etilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha mijozlarga xitoylik ishlab chiqaruvchining eng mashhur modellari taklif etiladi. BYD Song, Chaser va sedan Han krossoverlari shular jumlasidandir.
Shuningdek, ma’lum qilinishicha “Oʻzbekistonliklar avtomashinalarni rasmiy dilerlardan “qulay narxlarda” sotib olishlari mumkin boʻladi”, - deya ta’kidlagan Aziz Shukurov. Bundan tashqari, xaridorlar uzoq muddatli ishlab chiqaruvchining kafolatini oladilar va vakolatli markazlarda texnik xizmat ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladilar.






