O‘zbekistonda shaxsiy avtomobiliga ega aholi soni so‘nggi 5 yilda 40 foizga ko‘paygan - Davstatqo‘m

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda aholiga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari soni haqidagi ma’lumotlarni taqdim qildi.
Unga ko‘ra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 955 295 tani tashkil etgan. Bu 2020-yilga nisbatan 14,5 foizga, 2015-yilga nisbatan esa 40,1 foizga ko‘p.
So‘nggi 5 yilda aholiga tegishli bo‘lgan jami avtotransport vositalari soni:
2015-yilda – 2 109 185 ta
2016-yilda – 2 191 231 ta
2017-yilda – 2 273 419 ta
2018-yilda – 2 440 276 ta
2019-yilda – 2 580 133 ta
2020-yilda – 2 955 295 ta
Ta'kidlanishicha, 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 50 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.






