O‘zbekistonda tadbirkorlar onlayn tarzda bank hisob raqamlarini ochishlari mumkin bo‘ladi

Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, 2023-yil 1-maydan boshlab tijorat banklariga ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun masofadan turib bank hisob raqamini ochishga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, yuridik shaxslar endilikda elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv, ichimlik suvi taʼminoti, kanalizatsiya va telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatish boʻyicha shartnomalar, ularning isteʼmoli toʻgʻrisidagi hisobotlar, keyingi davr uchun shartnoma qiymati bo'yicha bir martalik va davriy hujjatlani elektron formada to'ldirishlari mumkin bo'ladi.