O‘zbekistonda turizm sohasi jadal surʼatlar bilan tiklanmoqda

Bugungi kunda O‘zbekiston hukumati turizmni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratmoqda. So‘nggi yillarda jahon hamjamiyati O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan ulkan va tub o‘zgarishlarni eʼtirof etmoqda. Turizmni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, boshqaruv tizimini yaratish, turizm turlarini diversifikatsiya qilish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda tan olinishi va jozibadorligini taʼminlashga qaratilgan bir qator zaruriy hujjatlar qabul qilindi.

Masalan, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturining amalga oshirilishi mamlakatimizda sayyohlik madaniyatining rivojlanishiga sezilarli taʼsir ko‘rsatdi. Mamlakatda ichki sayyohlarning umumiy soni 2016-yildagi 8,8 milliondan 2019-yilda 14,7 millionga, 2021-yilda esa 15 milliondan oshgan.

So‘nggi 4 yil ichida O‘zbekistonda 833 ta yangi mehmonxonalar: yirik, o‘rta va kichik mehmonxonalar foydalanishga topshirildi. Joylashtirish fondlarining umumiy soni 1442 taga yetdi. Bunda xonalar soni – 33,4 ming donani tashkil etayotgan bo‘lsa, undagi o‘rinlar – 71,2 taga yetkazildi. Ayni paytda O‘zbekistonda yuzlab yangi mehmonxona loyihalari barpo etilmoqda, ular yaqin kelajakda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

2022 yil mart oyida O‘zbekistonda barcha toifadagi mehmonxonalar va hostellarni o‘rtacha band qilish bo‘yicha statistik maʼlumotlar tahlili ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatdi.

28-30 mart kunlari – uch kunlik davrdagi yuklama respublika bo‘yicha 70,8 foizdan ortiq, Toshkent shahrida 83,6 foiz, Samarqandda 62,3 foiz, Qoraqalpog‘istonda 93,9 foiz, Xorazmda 56,3 foiz, Buxoroda 46 foizni tashkil etdi. Bu juda yaxshi ko‘rsatkichlar bo‘lib, turizm industriyasining o‘sishidan, mehmonxona biznesi uchun esa rentabellikning tez tiklanishidan darak beradi.

Maʼlumot uchun, 2017-yilda mehmonxonalarning bandlik darajasi 39,3 foizni, 2019-yilda – 53,1 foizni, pandemiyaning o‘tkir davrida – 22,1 foizni, o‘tgan yili bandlik ko‘rsatkichi 36,3 foizni tashkil etgan edi.

2019-2022 yillarda O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar sonining qiyosiy tahlili sezilarli tiklanish dinamikasini ko‘rsatmoqda, garchi 2022 yilda u atigi 15 foizga ortda qolgan bo‘lsa-da, bu yerda xonalar soni 2019 yilga nisbatan 26147 o‘rindan 33411 taginolarida istiqomat qilgan O‘zbekiston mehmonlari orasida mahalliy sayyohlar va mamlakat fuqarolaridan tashqari rossiyaliklar – 23,4 foiz, qozog‘istonliklar – 18,9 foiz, tojikistonliklar – 14,4 foiz, turkiyaliklar – 7,7 foizni tashkil etdi. Mehmonxonalarda yashovchi barcha xorijliklar: qirg‘izistonliklar – 6,3 foiz, belarusliklar – 4,6 foiz, xitoyliklar – 3,2 foiz, fransiyaliklar – 1,7 foiz.