O‘zbekistonda Yandex taksi tezligi nazorat qilinadi

O‘zbekistonda Yandex Go xizmati buyurtma berish vaqtida avtotransport vositalari tezligini avtomatik monitoring qilish texnologiyasini ishga tushirdi. Ta’kidlanishicha monitoring xizmat koʻrsatilayotgan barcha hududlarda (Toshkent, Fargʻona, Margʻilon, Namangan, Andijon va Samarqandda) amalga oshiriladi.

Buyurtmani bajarish jarayonida yangi texnologiya haydovchining yo‘nalishini kuzatish va harakat tezligini aniqlash uchun GPSdan foydalanadi. Ushbu tezlik marshrutlarni yo’nalishi uchun ishlatiladigan navigator bo'yicha bo'limda ruxsat etilgan maksimal tezlik bilan taqqoslanadi.

Haydovchi belgilangan tezlikdan oshib ketgan taqdirda tizim haydovchini uning ilovasi orqali bu haqda ogohlantiradi. Texnologiya signal bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan shovqinlar, jumladan koordinatalardagi kutilmagan o‘zgarishlarni hisobga oladi va ularni inobatga olmasligi mumkin. Bir nechta ogohlantirishlardan so‘ng, algoritm haydovchining xizmat ko‘rsatish buyurtmalariga kirishini vaqtincha cheklaydi.