O‘zbekistonda yoshlarni IT kurslariga tayyorlash uchun imtiyozli ta’lim kreditlari beriladi

“Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, 2022-yil 1-oktabrdan nodavlat ta'lim tashkilotlarining o'quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida o'qishi uchun ta'lim krediti ajratish tizimi yo'lga qo'yiladi.

O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan va respublikada doimiy yashovchi yoshlarga Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha kreditlar beriladi. Ularning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 65 baravarigacha (19,5 million so‘m) 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga ajratiladi.