O‘zbekistondagi xalqaro shaxmat maktabi

“Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Navoiy viloyatida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan maktabdan tashqari davlat sport-ta'lim muassasasi hisoblangan Xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilindi.
Maktab oldida jahon andozalari darajasidagi shaxmatchilarni tayyorlash va murabbiylar tarkibini mustahkamlash vazifalari belgilangan.
Muassasa negizida 2023-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun shaxmat bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan Xalqaro turnirning final bosqichi o‘tkaziladi.






