O‘zbekistonlik o‘quvchi xalqaro matematika olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Norvegiyaning Oslo shahrida 6-16-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan 63-xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o’quvchilar ishtirok etdilar.

Bronza medalni dunyoning 104 davlatidan 589 nafar o‘quvchi ishtirok etgan olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Qorako‘l xalqaro matematika maktabi o‘quvchisi Lazizbek Rajabboyev qo‘lga kiritdi.

Bronza medali uchun o‘quvchiga 60 million so‘m, o‘qituvchisiga esa 45 million so‘m mukofot beriladi.

Tanlov natijalari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan e’lon qilindi.